1. ATAMALARNING TA'RIFI
Shaxsiy ma'lumotlarning maxfiylik siyosatida quyidagi atamalar qo'llaniladi:
1.1. Shaxsiy ma'lumotlarning maxfiylik siyosati (keyingi o'rinlarda - Siyosat) - foydalanuvchilarning shaxsiy va maxfiy ma'lumotlari bilan ishlash tizimini tartibga soluvchi hujjat hisoblanadi.
1.2. Mobil ilova - ma'lum bir platforma (Android, IOS va boshqalar) uchun ishlab chiqilgan, shuningdek smartfon, planshet va boshqa mobil qurilmalarda ishlash imkoniyatini yaratadigan dastur. Ushbu siyosat doirasidagi mobil ilova "OLBER" dasturidir.
1.3. Shaxsiy ma'lumotlar - muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo'lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan va elektron tarzda, qog'ozda yoki boshqa moddiy jismda qayd etiladigan axborot.
1.4. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash - shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ish, tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, to'ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo'q qilish bo'yicha bir harakatni yoki harakatlar majmuasini amalga oshirish.
1.5. "OLBER" mobil ilovasining "Operatori" (keyingi o'rinlarda - tizim operatori) - shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishni amalga oshiradigan "Raqamli transformatsiya markazi" MChJning vakolatli xodimlari.
1.6. Shaxsiy ma'lumotlarning maxfiyligi - subyektning (ma'lumot egasining) roziligisiz shaxsiy ma'lumotlarning tarqalishiga yo'l qo'ymaslik uchun majburiy talab.
1.7. "OLBER" mobil ilovasining foydalanuvchisi (keyingi o'rinlarda foydalanuvchi) - mobil ilovadan Internet tarmog'i orqali foydalanish imkoniyatiga ega bo'lgan va "OLBER" mobil ilovasidan ro'yxatdan o'tgan shaxs.
1.8. Cookies - veb-server tomonidan yuborilgan va foydalanuvchi kompyuterida saqlanadigan ma'lumotlarning kichik bir qismi.
1.9. IP-adres - IP protokoli yordamida qurilgan kompyuter tarmog'idagi yagona tarmoq manzili.
2. UMUMIY QOIDALAR
2.1. Shaxsiy ma'lumotlarning maxfiylik siyosati "OLBER" mobil ilovasi Operatorining rasmiy hujjati bo'lib, ushbu hujjat mobil ilovada foydalanuvchi ma'lumotlari bilan ishlash va shaxsiy ma'lumotlarni tahrirlash tartibini belgilaydi. Mobil ilova Operatori O'zbekiston Respublikasining 02.07.2019 yildagi 547-son "Shaxsga doir ma'lumotlar" to'g'risidagi qonuni doirasida foydalanuvchining ma'lumotlarini qayta ishlaydi.
2.2. Ushbu Siyosat foydalanuvchi ma'lumotlarini, shu jumladan ularning shaxsiy ma'lumotlariga ruxsatsiz kirish hamda oshkor qilishdan himoya qilinishni ta'minlashga qaratilgan.
2.3. Mazkur Siyosat, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va mobil ilovaning boshqa rasmiy hujjatlari muvofiqligiga amal qiladi, shuningdek ilova foydalanuvchilarining ma'lumotlarini to'plash, saqlash, tarqatish va himoya qilish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soladi. Mobil ilova Siyosati yoki boshqa rasmiy hujjatlari o'rtasida har qanday qarama-qarshiliklar mavjud bo'lsa, ushbu Siyosat qo'llaniladi.
2.4. Foydalanuvchi ro'yxatdan o'tib ilovadan foydalanishni boshlagandan so'ng, Siyosat shartlariga rozi bo'lgan hisoblanadi. Agar maxfiylik siyosati shartlariga rozi bo'lmasa, foydalanuvchi "OLBER" mobil ilovasidan foydalanishni rad etishi lozim.
2.5. Ushbu shaxsiy ma'lumotlar maxfiylik siyosati faqat "OLBER" mobil ilovasiga nisbatan qo'llaniladi. "OLBER" mobil ilovasi operatori foydalanuvchi mobil ilovada mavjud bo'lgan havolalar orqali kirish mumkin bo'lgan uchinchi tomon va kompaniyalarning saytlari uchun javobgar emas. Uchinchi tomon saytlari va ilovalarida foydalanuvchidan boshqa shaxsiy ma'lumotlar to'planishi yoki so'ralishi mumkin, shuningdek boshqa harakatlar ham amalga oshirilishi mumkin.
2.6. Foydalanuvchi mobil ilovaga kirishda uchinchi tomon operatorining identifikatsiya (MyId, OneID, Facebook) ma'lumotlaridan foydalansa, "OLBER" mobil ilovasi Operatori qo'shimcha Profil yoki bunday uchinchi shaxs tomonidan taqdim etiladigan boshqa ma'lumotlarni olishi mumkin.
2.7. O'zini o'zi band qilgan shaxslar yollanma ishchilarni jalb qila olmasligi hamda ish beruvchiga ega bo'la olmasligi to'g'risidagi talab saqlanib qoladi.
(O'zbekiston Respublikasining 08.06.2020 yildagi PQ-4742 qaroriga asosan)
2.8. O'zini o'zi band qilgan shaxslar o'z faoliyatida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanishga hamda tadbirkorlik subyektlariga yollangan xodim sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
(O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.12.2020 yildagi 802-son qaroriga asosan)
2.9. Mazkur Siyosat "Raqamli transformatsiya markazi" MChJ tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab cheksiz muddatga kuchga kiradi. Siyosatning amaldagi tahriri ommaviy hujjat hisoblanib, har bir foydalanuvchi uchun mavjud. Operator Siyosatga O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo'lmagan o'zgartirishlar kiritish huquqiga ega. Siyosatning yangi versiyasi Mobil ilovada joylashtirilgandan so'ng, barcha foydalanuvchilarga kiritilgan o'zgartirishlar to'g'risida bildirishnoma yuboriladi.
3. MAXFIYLIK SIYOSATI
3.1. Ushbu Maxfiylik siyosati "OLBER" mobil ilovasida ro'yxatdan o'tishda Operatorning so'roviga binoan Foydalanuvchi taqdim etadigan shaxsiy ma'lumotlarning maxfiyligini oshkor etmaslik va himoya qilishni ta'minlash bo'yicha majburiyatlarni belgilaydi.
3.2. Ushbu maxfiylik siyosati doirasida qayta ishlashga ruxsat berilgan shaxsiy ma'lumotlar foydalanuvchi tomonidan "OLBER" mobil ilovasida ro'yxatdan o'tish shaklini mustaqil ravishda to'ldirish orqali taqdim etiladi, xususan:
3.2.1. Mobil qurilmaning noyob raqami va turi, operatsion tizim turi, Foydalanuvchi tomonidan foydalaniladigan kontent turi va (agar foydalanuvchi rozi bo'lsa) qurilmaning geografik koordinatalari.
3.2.2. Foydalanuvchining F.I.Sh.
3.2.3. Foydalanuvchining telefon raqami.
3.2.4. Elektron pochta manzili (e-mail).
3.2.5. MyID, OneID orqali foydalanuvchini ro'yxatdan o'tkazish xizmati.
3.2.6. Mobil ilovada internet-statistika xizmatlaridan foydalangan holda tashrif buyuruvchilar to'g'risidagi shaxsiy bo'lmagan ma'lumotlarni ("Cookie" fayllarini) to'plash va qayta ishlash amalga oshiriladi.
3.2.7. Foydalanuvchilarning fikrini bilish uchun ilovada qo'shimcha so'rovlar o'tkazilishi mumkin.
4. SHAXSIY MA'LUMOTLARNI TO'PLASHNING ASOSIY MAQSADLARI
4.1. "OLBER" ilovasi operatori foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlaridan quyidagi maqsadlarda foydalanish huquqiga ega:
4.1.1. Foydalanuvchi roziligini bildirgan holda, unga qiziq bo'lishi mumkin bo'lgan kategoriyadagi xizmatlar va mahsulotlar haqida ma'lumot berish maqsadida foydalanuvchi bilan aloqalarni yo'lga qo'yish.
4.1.2. "OLBER" mobil ilovasining uzluksiz ishlashi va takomillashtirilib borilishini ta'minlash.
4.1.3. Foydalanuvchining mobil ilovadagi faoliyatini, anonim statistikasini va ilovadan foydalangan vaqtini hamda ilovaga qilingan oldingi tashrifi ma'lumotlarini to'plash.
4.1.4. Foydalanuvchilarga qulaylik ta'minlash maqsadida "OLBER" ilovasidan foydalanishni soddalashtirish.
4.1.5. Kelajakda ilovaning ishlashini tezlashtirish (masalan, ilova foydalanuvchisi ilgari shaxsiy ma'lumotlarni taqdim etganini tan oladi va bir xil ma'lumotlar qayta so'ralmaydi)
4.1.6. Foydalanuvchilarga qo'llab-quvvatlash xizmatlarini ko'rsatish hamda ularning savollariga javob berish.
4.1.7. Foydalanuvchi haqidagi to'plangan ma'lumotlar internet-statistika xizmatlaridan foydalangan holda ilovani sifatini va tarkibini yaxshilash maqsadida ishlatiladi.
4.1.8. Foydalanuvchilar ilovadan amaldagi qonunchilikda ruxsat etilgan doirada yangiliklar va tadbirlar e'lonlari to'g'risida Push-bildirishnomalarni olishlari mumkin. Agar foydalanuvchi Push-bildirishnomalarni olishni istamasa, mobil ilovaning Sozlamalar bo'limiga o'tib, ushbu funksiyani o'chirib qo'yish huquqiga ega.
5. SHAXSIY MA'LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH UCHUN HUQUQIY ASOSLAR
5.1. "OLBER" mobil ilovasi Operatori foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini faqat foydalanuvchi tomonidan mobil ilovada joylashgan maxsus blankalar orqali mustaqil ravishda to'ldirib yuborilgan taqdirdagina qayta ishlaydi. Tegishli shakllar toʻldirilishi va shaxsiy maʼlumotlar ilova maʼmuriyatiga yuborilishi orqali "OLBER" mobil ilovasi foydalanuvchisi ushbu Siyosatga oʻz roziligini bildirgan hisoblanadi.
6. SHAXSIY MA'LUMOTLARNI YIG'ISH, TO'PLASH, TARQATISH VA BOSHQA TURDAGI QAYTA ISHLOVLAR TARTIBI
6.1. "OLBER" mobil ilovasining Operatori foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlaridan, shu jumladan, blok qilishdan, nusxalashdan yoki tasodifiy kirishdan saqlaydi.
6.2. Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari hech qanday sharoitlarda uchinchi shaxslarga berilmaydi, amaldagi qonunchilikni bajarish bilan bog'liq bo'lgan hollar bundan mustasno.
6.3. Istisno tariqasida, "OLBER" mobil ilovasining Operatori foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini qonunchilik talabiga binoan, shuningdek o'zini yoki uchinchi shaxslarni noqonuniy harakatlardan himoya qilish maqsadida oshkor qilishi mumkin.
6.4. Shaxsiy ma'lumotlarda noaniqliklar aniqlangan holda, foydalanuvchi ushbu noaniqliklarni shaxsiy sahifada yoki "OLBER" mobil ilovasi Operatorining elektron pochtasiga xat yuborgan holda aniqlashtirishi mumkin.
6.5. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash muddati cheksiz hisoblanadi. Foydalanuvchi istalgan vaqtda "OLBER" mobil ilovasi Operatoriga "Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilikni bekor qilish" belgisi bilan elektron bildirishnoma yuborish orqali shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik huquqini qaytarib olishi mumkin.
7. TOMONLARNING MA'SULIYATI
7.1. Quyida keltirilgan sabablarga binoan maxfiy ma'lumotlar yo'qolganligiga yoki oshkor qilinganligiga "OLBER" mobil ilovasining Operatori javobgar emas:
- ma'lumotlar yo'qolishidan yoki oshkor etilishidan oldin jamoatga chiqib ketgani;
- Operator tomonidan qabul qilinishidan oldin uchinchi shaxs tomonidan qabul qilinganligi;
- foydalanuvchi roziligi bilan oshkor qilinganligi;
- uchinchi shaxslarning xakerlik, nusxa olish, tarqatish va boshqa har qanday noqonuniy xatti-harakatlari tufayli oshkor qilinganligi.
7.2. "OLBER" mobil ilovasining foydalanuvchilari o'z profillari parollarini xavfsiz joyda saqlashga va uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik majburiyatiga ega. Foydalanuvchi profildan ruxsatsiz foydalanish yoki boshqa xavfsizlik buzilishi haqida xabardor bo'lsa, darhol mobil ilovaning Operatoriga murojaat qilishi shart.
8. NIZOLARNI HAL QILISH
8.1. Foydalanuvchi va "OLBER" mobil ilovasining Operatori o'rtasida nizo yuzaga kelgan taqdirda, da'vo arizasi (nizoni ixtiyoriy ravishda hal qilish to'g'risida yozma taklif) taqdim etilishi lozim. Da'vo arizalari "OLBER" mobil ilovasining Operatoriga "Da'vo" belgisi bilan elektron pochta orqali yuborilishi mumkin.
8.2. Da'vo oluvchi da'vo olingan kundan boshlab, 30 kalendar kun ichida da'voni ko'rib chiqadi va natijalari to'g'risida da'vogarga yozma ravishda xabar qiladi.
9. YAKUNIY QOIDALAR
9.1. Foydalanuvchi oʻz shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlgan savollar boʻyicha "OLBER" mobil ilovasining Operatoriga elektron pochta orqali murojaat qiladi va o'zini qiziqtirgan masalalar bo'yicha javob olishi mumkin.
9.2. Ushbu hujjat "OLBER" mobil ilovasining Operatori tomonidan shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash siyosatidagi har qanday o'zgarishlarni aks ettiradi. Siyosat yangi versiya bilan almashtirilgunga qadar muddatsiz amal qiladi.
9.3. Maxfiylik siyosatidagi har qanday o'zgarishlar "OLBER" mobil ilovasida siyosatning yangi versiyasi e'lon qilinganidan so'ng kuchga kiradi. O'zgartirishlar kiritilgandan so'ng, siyosatning oxirgi tahririning sanasi ko'rsatilishi shart. Siyosatga o'zgartirishlar kiritilganidan so'ng, foydalanuvchi tomonidan qayta ko'rib chiqilgan maxfiylik siyosatiga "rozilik berilgan" deb hisoblanadi.
10. FOYDALANUVCHI MUROJAATLARI
10.1. Foydalanuvchilar "OLBER" mobil ilovasi Operatoriga o'z so'rovlarini, shu jumladan shaxsiy ma'lumotlarini yozma ravishda elektron pochta manziliga yuborish huquqiga ega.
10.2. Foydalanuvchi tomonidan yuboriladigan so'rov Qo'llab-quvvatlash xizmatining "So'rovlar yuborish talablari"ga javob berishi kerak, xususan:
- F.I.SH
- Foydalanuvchi Operator bilan munosabatlarida ishtirokini tasdiqlovchi ma'lumotlar (mobil ilovada ro'yxatdan o'tish uchun ko'rsatilgan elektron pochta manzili);
- telefon raqam.
"OLBER" mobil ilovasining Operatori so'rov olingan kundan boshlab 10 kalendar kun ichida foydalanuvchi so'rovini ko'rib chiqish va unga javob berish majburiyatini o'z zimmasiga oladi.